Dars boshidagi besh daqiqada xotirjamlik
O'quvchi o'z ichki ob-havosini belgilaydi, tabiat sahnasida tiklanadi va yengil ekologik harakatni tanlaydi. O'qituvchi sinfning holatini darsdan oldin biladi.
Hududingizni tanlang
ClimaEase O'zbekistonning barcha 14 hududida ishlaydi. Hududingizni tanlang — biz uni sizga moslashtiramiz.
Platformaga kiring
Sinf uchun umumiy kirish
Xavfsizlik uchun har bir dars uchun administrator sinf uchun bitta umumiy login va parol tayyorlaydi. O'quvchilar shu ma'lumot bilan faqat dars davomida kiradilar.
- 🔐Bir dars — bir kalitSinfdagi barcha o'quvchilar bir xil kirish ma'lumotidan foydalanadi
- 👨🏫O'qituvchi shaxsiy kabinetiO'qituvchining alohida hisobi bo'ladi — sinf holatini kuzatish uchun
- 🛡️Administrator nazoratiHar dars yakunida kirish ma'lumoti yangilanadi — platforma faqat dars vaqtida ishlaydi
ClimaEase nima ish qiladi?
Dars jarayoniga integratsiyalashgan qisqa sikl orqali o'quvchining emotsional holatini aniqlaymiz, uni tabiat sahnasi va nafas mashqi orqali tiklaymiz, so'ng natijani qayta o'lchaymiz.
Ichki ob-havo
Savolsiz diagnostika. O'quvchi belgi tanlaydi — yozmaydi. 6 xil kayfiyat holati, har biri kuchi bilan.
3D tabiat sahnalari
20+ realistik 3D sahna: sharshara, tog', ko'l, o'rmon. O'qituvchi darsga mos sahnani tanlaydi.
Ovozli tasavvur mashqlari
"Ko'zingizni yumib tasavvur qiling..." — barcha mashqlar kayfiyatni ko'tarishga qaratilgan.
ClimaAI tavsiyasi
Sinf kayfiyatiga qarab eng mos sahna va mashqni taklif qiladi. O'qituvchi tanlov qiladi.
Fan va mavzu tahlili
Har dars fani va mavzusi kiritiladi — qaysi mavzudan keyin bola o'zgargani aniq bo'ladi.
45 daqiqaga mos
Butun sikl 5 daqiqaga sig'adi — dars vaqtidan ortiqcha olmaydi. O'qituvchi budjetni boshqaradi.
Yil davomida tabiat bilan birga
Har mavsum uchun maxsus sahnalar, tovushlar va mashqlar. Sichqoncha bilan ko'ring — tasvir sizga qarab silliq harakatlanadi.
Buxoro viloyati muassasalari
Boshlang'ich pilot bosqichda Buxoro viloyatining barcha turdagi ta'lim muassasalari qamrab olinadi.
Har ikkalasi uchun ham
Xotirjam ongda o'qish oson
Iqlim tashvishi va darsga tayyorlik masalasi bilinmasdan hal bo'ladi — bola faqat besh daqiqa vaqt sarflaydi.
- Yozishsiz, so'zsiz — ichki holatni belgi bilan ifodalash
- Chiroyli 3D tabiat sahnalari — miyaning tinchlanishi uchun
- Kichik ekologik harakat — tashvishni foydali ishga aylantirish
- Shaxsiy dinamika grafigi — o'z holatini kuzatish
- Ovozli tasavvur mashqlari — chuqurroq bo'shashish uchun
Sinf holatini darsdan oldin ko'rish
Har dars — sinfning kayfiyat xaritasi. Qaysi mavzu, qaysi fan, qaysi hafta kuni og'ir kelayotganini aniq ma'lumot bilan tushunish.
- Real vaqtda sinf kayfiyat xaritasi (heatmap)
- Xohlagan fan, mavzu va sinf uchun sozlash
- O'z videolarini yuklash va tanlash imkoniyati
- Xavf guruhidagi o'quvchilar avtomatik belgilanadi
- Fanlar va hafta kunlari bo'yicha statistik hisobot
Pilotdan taassurotlar
Sinfda kim charchagan, kim tayyorligini darsdan oldin ko'rish ish samaramni tubdan o'zgartirdi. Endi men aniq kimga qanday yondashishni bilaman.
Awal dars boshida boshim og'rir edi, iqlim haqida o'qish hafsalamni pir qilardi. Endi besh daqiqada tinchlanaman, dars ham qiziqarli bo'lyapti.
Xavf guruhidagi 2 ta o'quvchini erta aniqlab, ota-onalari bilan gaplashishimga imkon berdi. Bu — juda muhim natija.
Sinfingiz uchun ClimaEase bilan boshlang
Pilot bosqichda Buxoro viloyati muassasalari uchun bepul. Boshqa hududlar ham qo'shilishi mumkin.